Xudoning O’g’li yo’q-ku!

Xudoning O’g’li yo’q-ku!

Ko’p odamlar mana quyidagilarcha gapirishadi:

Iso alayhissalom Xudo emas-ku! – deb aytadi. Iso Xudo bo’lganida edi, kimga ibodat qilardi? O’zigami? Iso Xudo bo’lganida, qanday qilib xochda o’ladi? Xudo o’ladimi?! Xudoda o’g’il bo’lishi mumkin emas! Bibi Mariam bilan jinsiy aloqa qilmaydi-ku, astag’firu Olloh! – deb.

Xudo bir!

Olloh bir!
Xudo bir! O’gli yo’qmi?

Birinchidan, Muqaddas kitobda, ya’ni Tavrot, Zabur, Injil kitoblarda, yozilganday, Xudo bir, yakka-yu yagona. Isoning O’zi ham Xudo bir, dedi. Isoning shogirdlari hammasi birgina Xudoga e’tiqod qilishadi. Boshqacha aytganday, Masihiylar “Tavxid”ga – yaьni Xudoning birligiga ishonishadi.

Iso Xudoning O’g’li, deb aytishlari bilan, Masihiylar nima demoqchi? Xudo Bibi Mariamni O’ziga xotin qilib, jinsiy aloqada bo’lgan, deb ishonishadimi?! Аslo! Hech kim bunday shirk so’zga ishonmaydi. Isoning shogirdlari Bibi Mariam o’zi Xudo ekanligiga e’tiqod qilishadimi? Yo’q! Hech qanday Masihiy odam bunday fikrga e’tiqod qilmaydi.

Xudoning O’g’li

“Xudoning O’g’li” degani so’zma-so’z, jismoniy ma’noda tushunish kerak emas. Iso jismonan, ya’ni et-qondan Xudoning o’g’li emas. Xudo uylanib o’g’il qurmagan. Аhir, Xudo ruhdir. Shunday bo’lsa, qanday qilib jismoniy bolaga ota bo’lishi mumkin? Butun qoinot yaratilmasdan, “Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi” deb yozilgan. Shunday qilib, Xudo hamma narsa vujudga keltirish tayyor turgan.

Keyinroq Xudo Isoni bu dunyoga endi yubormoqchi bo’lganda, farishta Bibi Mariamga shunday aytgan: “Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tug’adigan o’g’ling muqaddas bo’ladi, U Xudoning O’g’li deb ataladi.” Shunday ekan, Mariam g’ayritabiyi yo’l bilan homilador bo’ldi. U bokira qiz bo’lgan-u bokira qil bo’lib qoldi. Iso esa butunlay odam butunlay Xudo ekan. “O’g’il” degani, Xudo bilan bo’lgan aloqasi juda yaqin degani. Iso Xudoni “Ota” deganida, bu degani Xudo bilan bo’lgan munosabati juda yaqin degani. Munosabati qancha yaqin ekan? Quyidagilarni o’qib ko’rasiz.

Аtaturk

Аtaturkni eshitgandirsiz. Turkiyada 1920- yillarda u mashhur prezident bo’lgan. Uning ismi “Аtaturk” – turklarning otasi degani. Bu nima degan? Аtaturk juda ko’p ayol bilan jinsiy aloqa qilishi orqali bugungiy turklarning otasi bo’lib qoldimi? Hech bo’lmagan gap! Bunday gapda “ota” degani Аtaturk uning xalqiga otaday bo’lgan. O’z bolani boqqanday, Аtaturk o’z elini otaday boqib yurgan.

Ataturk - jinsiy jihatdan Turklarning otasimi?
Ataturk – jinsiy jihatdan Turklarning otasimi?

Ibni-sabili

Baqara surasi, 177- oyatida, Qo’rьonda “ibni-sabili” degan ibora bor. Bu so’zlarning tarjimasi “sayohatchi” ekan, ammo arab tilida so’zma so’z maьnosi “ko’chaning o’g’li” degani. Ko’cha bolali bo’lib qoldimikin? Yo’g’-e! Bola o’z otasiga yaqin muomala bo’lganday, yo’lni ko’p kezgan odam ham yo’lga juda yaqin munosabatda ekan. O’sha iboraning maьnosi shunday.

Xuddi shu singari Xudo bir ayol bilan birgalikda Isoni O’z bolasi qilib qurmagan. “O’g’il” degani Xudo bilan bo’lgan munosabati juda yaqin ekan. Iso Xudoni Ota deganida, Xudo bilan juda yaqin aloqada ekan, degan.

Iso kim?

“Xudoning O’g’li” degan unvon Iso Xudoga eng o’xshagan zot bo’lganini bildiradi. Taьlimot berganda, Iso hokimiyatga ega bo’lib, aqlmandlik bilan o’rgatgan. Hayot tarzida esa, pok yashab, kuch-quddrat ko’rsatdi. Iso hech qachon gunoh qilmagan. Har qanday kassalliklarga shifo bergan, shayton va jinlarning kuchlariga ustun kelgan. Shu ishlarning barchasi orqali bola otasiga taqlid qilganday, Iso ham Xudoga o’xshab hatti-harakat qilib yurdi.

Аbadiy Qalomu Olloh

“Аl-buruuj” surasi, 22- oyatida, yozilgani bo’yicha Qur’on yaratilmagan hamda har doim Xudo bilan mavjud bo’lgan. Xudo yakka-yu yagona bo’lsa, qoinot vujudga kelgandan oldin qanday qilib boshqa bir narsa mavjud bo’lgan ekan? Qur’on yaratilmagan bo’lsa, unda Xudo uni yaratmadi. Bu qanday bo’lishi mumkin? Qur’on har doim mavjud bo’lganmi? Qur’on qandaydir Xudo bilan tengmi? Biroq xech kimni, hech nimani Xudo bilan tenglashtirsa bo’lmaydi! Musulmon olimlar bu masalani asrlar davomida mulohaza qilib kelgan.

Qiziq-ki Qur’onda ham, Muqaddas Kitobda ham Isoni Xudoning Kalomi ekan deb yozilgan. Masihiylarning e’tiqodi bo’yicha, Iso Xudoning Qalomi bo’lib, qadimda, vaqt boshlanmasdan, Xudo bilan birga bo’lgan. Xudoni, Isoni ikki zot qilib gaplashsak ham, asli ular bir. Iso ikkinchi Xudo emas, yo Xudoga teng kelgan odam emas, bo’lmasa bu shirk bo’lardi. Isoni Xudoning mohiyati bilan bir ekanini tushunishimiz kerak.

Muhammad va’z berganda, birinchi bor o’tirib kitob yozib undan keyin odamlarga u haqida ma’lumot aytib berdimi? Yo Xudo bilan mangulik o’tmishdan bo’lgan kitobdan ayon qilib oldimi? Qur’ondagi so’zlar qaerdan kelib chiqdi? Dunyodagi odamlar o’ylab topdimi? Yo osmondan yuborilganmi?

Muqaddas Kitobda yozilgani bo’yicha Iso har doim Jannatda Xudo bilan birgalikda bo’lgan abadiy Kalomu Ollohdir. Tarixiy kunlarnin birida, Xudo O’z Kalomini odamzotga yuborishga qaror qildi. O’sha payt har doim mavjud bo’lgan Kalom inson qiyofasiga kirdi. Boshqacha aytganday, Iso inson bo’lib keldi. Biz Xudoning So’zini ko’rib eshitishimiz uchun, itoat qilishimiz uchun, Iso bizning oramizga kelib yashadi.

Muso va yonayotgan buta

Qur’onda ham, Muqaddas Kitobda ham Xudo O’zini Muso payg’ambarga yonayotgan buta orqali ayon qilgan, deb yozilgan. Xudo qanday qilib bir vaqtning o’zida ham yerda ham osmonda bo’lishi mumkin? Biz bilmaymiz. Birok shunday bo’lsa, Xudo bu dunyoga odam sifatida kirib kelib o’sha vaqtning o’zida qoinotdagi Xudo bo’lib qolishi mumkin. Butun olamni yaratgan Xudo bizning aqlimizga sig’mas!

Muqaddas Kitobdan:

Xudo qadimda ota–bobolarimizga ko’p marta va turli tarzda payg’ambarlar orqali gapirgan edi. Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O’z O’g’li orqali gapirdi. Xudo koinotni O’g’li orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan.  O’g’il — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig’ining aniq suratidir. U O’zining qudratli kalomi bilan koinotni asrab turibdi. U O’z jonini fido qilib, bizni gunohlardan pokladi, so’ng samoda Ulug’vor Xudoning o’ng tomonida o’tirdi. (Ibroniylar 1:1-3)

Quyosh va nuri

Quyosh o’z nuridan ajrala olmaganday, xuddi shunday O’g’il Xudodan bo’lib tashlasa bo’lmaydi.

Quyosh nuridan ajrala olmaydi.
Quyosh nuridan ajrala olmaydi.

Endi, “qanday qilib Xudo odam bo’lib qolishi mumkin?” – degan savol to’g’ri kelmaydi. Yaxshi savol shuki: Nima uchun Xudo odam qiyofasiga kirib bu dunyomizga keldi?

Isoning o’limi va tirilishi orqali bizga abadiy hayot olib keldi. O’sha Hayot yo’lini bizga ko’rsatish uchun, Xudo odam bo’ldi.

Quyidagi bitiqlarga qaralgan:

Qo’r’on :

2- sura, Baqara surasi, 177- oyatida: “ibni-sabili”

85- sura, Аl-Buruuj surasi, 22- oyatida: Qur'on - yaratilmagan Qalomullox

4- sura, Аn-nisa surasi, 171- oyatida: Iso – Qalomullox

27- sura, Аn-nami surasi, 8- oyatida: Yonib turgan buta oldadagi Muso

Muqaddas Kitob:

Ibtido 1:2 Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi

Qonunlar 6:4 Egamiz Xudo tanho Xudodir

Luqo 1:35 Xudoning O'g'li

Yuhanno 1:1-18 Xudoning Kalomi

Yuhanno 17:3 Iso yagona haq Xudoni aytadi

Kolosaliklar 1:15-17 Masih butun borliqdan oldin mavjud edi

Ibroniylar 1:1-3 Iso - Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig'ining aniq suratidir.

Chiqish 3:2 Yonib turgan buta va Muso

Ko’proq o’qish:

Iso Masih kim?

Islomga Javob

Keyingi  maqola: Injil o’zgartirilganmi?