Xudoning Adan bog’i

Muqaddas kitob:
<< Parvardigor Egamiz sharqda — Аdan degan joyda bog’ barpo qilib, O’zi yaratgan odamni o’sha boqqa qo’ydi. Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o’stirdi. Bog’ning o’rtasiga hayot ato etuvchi daraxtni va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini qo’ydi. >>

– Ibtido bob 2 ayat 8-9

Anor daraxti

Xudoni qanday tushunamiz? Bu hayotning eng muhim savoli bo’lsa kerak.

Bu oyatga qarab shunga o’xshagan savol bersak bo’ladi. Xudo bog’ barpo qilgan bo’lsa, bu degan Xudo kim, Xudo qanday? Bu degan Xudo yaratishga qodir, hamda Xudo O’zi bog’ning Egasi, shunday emasmi?

Yana bir savol: Xudo “chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni” o’stirgan bo’lsa, bu Xudo haqida bizga nima o’rgatadi? O’zim o’ylab topgan javoblaridan mana shular:

Xudo chiroyli, ajoyib mevali daraxtlarni yaratadi. Ularni har xil qilib yaratdi. Turlari bir xil qilib yaratsa bo’lardi-ku. Аmmo ularni rang-barang, ko’rinishi har xil, mazasi shakardan ham shirin qilib yaratdi. Bahor faslida mahalla ko’chalaridan yurgan bo’lsangiz, o’zingiz ham olcha, o’riq, olxo’ri ko’rgandirsiz. Pishgan mevalar xali daraxtda turar ekan, chiroqqa o’xshab yonadi! Ovozi bo’lmasa ham, “Hayot!” deb baqiradi.

Bugun men turgan yerda bahor emas, qish faslidir. Qor yog’ib turibdi. Siz hech qorga yaqin qaramaganmisiz? Аjoyibligini ko’rmaganmisiz? Qorning muraqqab tuzilishiga ahamiyat bersak, uning Yaratuvchi Xudo haqida qanday xulosa qilsak bo’ladi? Qorning shakli Xudoning donoligini ko’rsatadi. Qorning op-oqligini ko’rib, Xudoning qoraligi yo’q deb xulosa qilsak bo’ladi.

Qor

Tepadagi oyatini o’ylasam, Xudo yaratgan narsalar haqida o’ylasam, men Xudoning ezguligini, beminnatligini, asl rassom ekanligini tushunaman. Bandasiga yoqqan, ko’ziga chiroyli ko’ringan, iste’mol qilishiga foydali ekan meva yaratib beradi Xudo. Аjoyibotlarni yaratadi!

Nasroniylar Allah yaratgan Isoga ibodat qilishadimi?

“Bir olimdan:

– Musulmonlar bilan nasroniylarning qanday farqi bor?, – deb deb so’rashdi. Olim: Musulmonlar Isoni yaratgan ALLOH TA’OLOga ibodat qilishadi. Nasroniylar esa ALLOH TA’OLO yaratgan Isoga ibodat qilishadi, – deb javob berdi.»

Javob: Аfsuski, bu “olim” adashibdi. Haqiqiy Masihiylar (ya’ni Isoning shogirdlari) Isoning yaratilganiga ishonmaydi. Injilda ham Iso yaratilgan, deb yozilmagan. Buning o’rniga, butun borliq Iso orqali yaratilgan, deb Injil tasdiqlaydi. Isoning O’zi yaratilganman, demagan. Biroq O’z O’zi haqida butunlay boshqa narsalar aytgan. “Ibrohim tug’ilmasdan oldin Men bor bo’lganman.” Shunday qilib Xudoning ismini: Men Borman deb, O’zini odamlarga oshkor qilgan ismini Iso ifodalaydi. Keyinroq, “Men va Otam birmiz,” deb aytgan Iso. O’sha hodisalarning ikkovida, Isoni eshitib turganlar, qo’llariga tosh olib Uni toshbo’ron qilmoqchi bo’lganlar.

 Shunda, Isoni eshitib turgan odamlar singari, siz ham tanlasangiz bo’ladi. Masihiylar jinni ekan, desangiz bo’ladi. Yo Iso jinni desangiz bo’ladi, yo o’sha puchga chiqargan yolg’onga ishonib, Xudoning bitiqlari bo’lgan Injil kitobi o’zgarib ketdi, desangiz bo’ladi. Аmmo Xudoning Qalomini o’qib, Iso yaratilgan odam ekan, deb xulosaga kela olmaysiz. Hech qachon. Iso azaldan Xudo bilan bir bo’lgan, O’zi Xudo, ikki xudo emas, uch xudo emas. Ha, birgina, yakka-yu yagona Xudoga e’tiqod qilishadi Masihiylar. Xudo hamma narsani O’ziga qaytarib egalab olish uchun, O’z mavjud qilgan dunyoga tashrif buyurdi. Dunyoviy podshoh qo’li ostidagi xalq tashrif buyura oladiganday, shohlarning Shohi ham shunday qilib bandalarining oldiga kelib qolishi mumkin.

 Iso shunday deb aytdi:

<< Otangiz Ibrohim kelgan kunimni kutib, xursand bo’lgan edi. O’sha kunni ko’rib, qattiq quvondi.
— Siz hali ellik yoshga to’lmagan bo’lsangiz, qanday qilib Ibrohimni ko’rgansiz?! — deyishdi yahudiylar Unga. 58 Iso ularga shunday javob berdi:

— Sizlarga chinini aytayin: Ibrohim tug’ilmasdan oldin Men bor bo’lganman.

 Shunda Isoni toshbo’ron qilmoqchi bo’ldilar. Iso esa yashirincha Ma’baddan* chiqib ketdi. >>

(*Maьbad = Xudoga sajda qiladigan uy)

 — Yuhanno 8:56-59

“Бир олимдан:

– Мусулмонлар билан насронийларнинг қандай фарқи бор?, – деб деб сўрашди. Олим:
– Мусулмонлар Исони яратган AЛЛОҲ ТAъОЛОга ибодат қилишади. Насронийлар эса AЛЛОҲ ТAъОЛО яратган Исога ибодат қилишади,
– деб жавоб берди.”

Жавоб: Афсуски, бу “олим” адашибди. Ҳақиқий Масиҳийлар (яъни Исонинг шогирдлари) Исонинг яратилганига ишонмайди. Инжилда ҳам Исо яратилган, деб ёзилмаган. Бунинг ўрнига, бутун борлиқ Исо орқали яратилган, деб Инжил тасдиқлайди. Исонинг Ўзи яратилганман, демаган. Бироқ Ўз Ўзи ҳақида бутунлай бошқа нарсалар айтган. “Иброҳим туғилмасдан олдин Мен бор бўлганман.” Шундай қилиб Худонинг исмини: Мен Борман деб, Ўзини одамларга ошкор қилган исмини Исо ифодалайди. Кейинроқ, “Мен ва Отам бирмиз,” деб айтган Исо. Ўша ҳодисаларнинг икковида, Исони эшитиб турганлар, қўлларига тош олиб Уни тошбўрон қилмоқчи бўлганлар.

Шунда, Исони эшитиб турган одамлар сингари, сиз ҳам танласангиз бўлади. Масиҳийлар жинни экан, десангиз бўлади. Ё Исо жинни десангиз бўлади, ё ўша пучга чиқарган ёлғонга ишониб, Худонинг битиқлари бўлган Инжил китоби ўзгариб кетди, десангиз бўлади. Аммо Худонинг Қаломини ўқиб, Исо яратилган одам экан, деб хулосага кела олмайсиз. Ҳеч қачон. Исо азалдан Худо билан бир бўлган, Ўзи Худо, икки худо эмас, уч худо эмас. Ҳа, биргина, якка-ю ягона Худога эътиқод қилишади Масиҳийлар. Худо ҳамма нарсани Ўзига қайтариб эгалаб олиш учун, Ўз мавжуд қилган дунёга ташриф буюрди. Дунёвий подшоҳ қўли остидаги халқ ташриф буюра оладигандай, шоҳларнинг Шоҳи ҳам шундай қилиб бандаларининг олдига келиб қолиши мумкин.

Исо шундай деб айтди:

<< Отангиз Иброҳим келган кунимни кутиб, хурсанд бўлган эди. Ўша кунни кўриб, қаттиқ қувонди.
— Сиз ҳали эллик ёшга тўлмаган бўлсангиз, қандай қилиб Иброҳимни кўргансиз?! — дейишди яҳудийлар Унга. 58 Исо уларга шундай жавоб берди: — Сизларга чинини айтайин: Иброҳим туғилмасдан олдин Мен бор бўлганман. Шунда Исони тошбўрон қилмоқчи бўлдилар. Исо эса яширинча Маъбаддан* чиқиб кетди. >>

(*Маьбад = Худога сажда қиладиган уй)

– Юҳанно 8:56-59