Tavrot, Chiqish kitobi bo 17 ayat 1-7
Qoyadan chiqqan suv
1 Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko’chib, Sin sahrosidan ketdi. Rafidimda qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda Isroil xalqi uchun ichgani suv yo’q ekan.2 Ular Musoga: “Bizga ichgani suv ber”, deb nolidilar. Shunda Muso:
— Nimaga menga noliyapsizlar?! — dedi. — Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!
3 Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O’zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o’ldirish uchun olib chikqan ekansan–da?!” deb Musoga ming’irlab nolidi.
4 — Bu xalqni nima qilay? — deb iltijo qildi Muso Egamizga. — Yana bir ozdan keyin ular meni toshbo’ron qilishadi–ku!
5 — Isroil oqsoqollaridan ba’zilarini yoningga olib, xalqning oldida bor! — deb amr berdi Egamiz Musoga. — Nil daryosiga urgan tayog’ingni ham o’zing bilan ol.6 Men sening oldingda — Sinay tog’idagi qoyaning tepasida turaman. Sen tayoqni qoyaga ur, qoyadan suv otilib chiqadi. Keyin xalq ichadi.
Muso Isroil oqsoqollarining ko’zi oldida Egamiz aytganday qildi.7 Shunday qilib, Muso o’sha joyga Massax va Mariva, deb nom berdi. Isroil xalqi u yerda Muso bilan janjal qilgan, “Egamiz biz uchun g’amxo’rlik qiladimi, yo’qmi?” deb Uni sinagan edi
Xalq 400 yil Misrda qul bo’lib yashagan. Endi ular sahroda bir joydan boshqa joyga yurishibdi. Xudo ularning har kungi ovqat berib turibdi. Muso ularning boshchilligi. Xudo O’zi yo’lini ko’rsatayapti. Xudoning amri bilan xalq bir joyga kelib qoldi. O’sha joy Rafidim degani. U joyda suv yo’q ekan. Bu sharoit Xudoni hayratga qoldirdimi? Yo’q, U O’zi xalqni shu joyga yetaklab keldi. Biroq xalq kimga qarab gapiradi. Kimga shiqoyat qiladi? Xalq, “Bizga suv ber” Musoga deydi. Demak suv chiqarib berishi uchun Musoga – bir odamga qarashdi. Musochi? Shuncha milionlab odamga qaerdan suv chiqarib berish kerak? Xalqning umidi bir odamdan ekan. Xalq shiqoyat qilib nolishadi, bosim qilishadi. Ular, “Nimaga Misrdan olib chiqarding? O’ldirish maqsadidami?” deyishar. Misrda nima qilishayotgan edi? Qul bo’lib yashashgan. Qullikdan qutqarilishlari uchun, Xudoga faryod qilishgan. Ularning faryodlarini Xudo eshitgan, qutqargan. Endi o’sha xalq Misrdan chiqqaniga Musoga qarshi shiqoyat qilishayapti. Аmmo haqiqatan kim ularni Misrdan olib chiqqan? Xudo-ku! Xudo xalqni boshqarayotgan edi. Suvsiz joyga Xudo yetakladi. Xudoga qaramasdan, xalq Musoga qaradi.
Xalq sahroda turib chanqab qolganlarida, nima qilishlari mumkin edi? Suv so’rab Xudodan iltijo qilishlari mumkin edi. Аmmo ular Xudo g’amxo’rlik qilishi uchun ibodat qilib so’ramagan. Xalq Xudoning kim ekanligi, kuch-quvvati, himmati yodda tutishgan bo’lardi. Qancha marta Xudo ularni parvarish qilgani eslasa bo’lardi. Ularning boshida Xudo turgani, bir joydan boshqa joyga Xudo yetaklagani esda qoldirishi mumkin edi. Xalq Xudoga ishonishlari mumkin edi. Lekin shularning o’rniga nima qilishdi? Ular ming’irlab nolishdi. Shu bilan Xudoni, Uning kuchli ishlarini unutib qo’yganini ko’rsatishdi. Xalq Xudoga bo’lgan ishonchsizligini ko’rsatishdi. Xudoga iltijo qilmay, ishonmay, Xudoni eslariga keltirmasdan, shularning o’rniga xalq Xudoga qarshi nolidi, shiqoyat qilishdi. Shu harakatlari bilan xalq xotirasi tor ekanligini, imoni sust ekanini ko’rsatishdi.
Muso — Nimaga menga noliyapsizlar?! Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!” dedi. So’zlaridan Muso haqida nimani tushunsak bo’ladi? Xalq Xudodan norozi ekanligi Muso tushunayapti. Xalq o’zlarini Xudodan ustun qo’yib hukm qilayotgan ekan. Xalq shiqoyat qilishlari davom etishsa, Muso nima qiladi? Ular bilan baxs qilsa bo’lardi. Ularga ko’p gapirib o’rgatsa bo’lardi. Ularni so’qib bersa bo’lardi. Muso shu ishlarni qilmay, o’rniga Muso Xudo iltijo qiladi. Muommoni Xudoga keltiradi. Muso biladi, o’zida suv yo’q. Muommoni yechib berish uchun, o’zi ojiz. Xalqning muxtojini qondirish uchun, Muso o’zining ichidan-vujudidan chiqarib bera olmaydi. Oq-soqollar bilan birgalikda maslahat qilsa bo’lardi, biron aqlli reja topsa bo’lardi, odamlarga, “suv qazinglar!” deb buyruq bersa bo’lardi. Lekin shularni qilmay, Muso Manbayga to’g’ri boradi. Ya’ni, Xudoga iltijo qiladi. Xudo O’zi hayotbahsh suv Manbayidir. Xudo, “Men O’zim oldingda turaman,” dedi. Shu bilan Xudo nima aytayapti? “Men sen bilan birgaman. Men sening vaziyatingdaman. Men O’zim muommoni xal qilaman. O’zim sen uchun Manbayman.” Xalq suvsiz sharoitda bo’lib qolishdi. Musoning bergani suv yo’q. Lekin Xudo bor! Sizchi? Qanday ishonasiz? Xudo sizning vaziyatingizga kela oladimi? Musoning oldidagi qoyaga Xudo kela oladimi? Keldimi? Xalq ishonmay yurgan. Ular, “Xudo bormi o’zi?!” deganday so’rashdi. Xalqning tushunchasida, Xudo yo kichkina ekan yo kuchsiz yo juda olis-uzoqda turib, vaziyatlaridan bexabar. Lekin hikoyaga qarang. Xudo haqiqatan bor, muommo yechishga qodir, g’amxo’rlik qiladi!
Ba’zan o’zimni ham juda ojiz sezaman. Ichimda nimalar yetmaganday xis qilaman. O’shanda o’zimni bo’sh tish-pastaning edishiga o’xshataman. Bo’sh edishni siqsangiz, xech nima chiqmaydi, chunki ichida xech nima yo’q. Xudoning So’zida, boshqalarni xurmat qil, sevgi-muhabbat ko’rsat, rahmdillik bilan gapir, muloyim bo’l, sahiy bo’l deganlar ko’p. Shu talablarga qo’shilib atrofdagi odamlarga bo’lgan majburiyatlar meni siqib bosadi. Sevgi-muhabbat ko’rsatmasdan, qo’rqa boshlayman. To’g’ri ishlar qilishimga kuch yetmaganidan, o’zim ojiz sezaman. Ojiz bo’lsam, qo’rqsam, o’zimni ichi bo’sh qamishday xis qilsam, nima qilay, qaerga boray? Yana astoydil harakat qilaymi? Bo’sh tish-pastaning edishini siqaymi? Yoki Musoga o’xshab, Hayotbaxsh Suv Manbayiga iltijo qilishini o’rganaymi? Sizchi? Siz nima qilasiz? Siz qaerga borasiz? Hayotingizda quruq bir joyga kelib qolsangiz, ruhan chanqagan bo’lsangiz, qaerga borasiz? Yana ham astoydil harakat qilasizmi? Ko’proq marosimlarga borasizmi? Ojiz tomonlaringizni yashirib, yuzingizga bir tabassum chizib tashlaysizmi? Yo ruhingiz qondirish uchun qandaydir aysh-ishratga berilib ketasizmi? Yo Manbayga borasizmi?
Injil, Yuhanno bo 4 ayat 10:
Iso ayolga dedi:
— Xudo senga qanday in’om bermoqchi ekanligini va sendan suv so’ragan Odam kim ekanligini sen bilmaysan. Bilganingda edi, o’zing Undan suv so’ragan bo’lar eding va U senga hayotbaxsh suvni bergan bo’lardi.
Muso vafo etib ancha yil o’tgandan keyin, Iso bir gunohkor ayol bilan suhbat qilgan. Iso ayolga, Kel, senga hayotbaxsh suv beraman, degan. Xuddi Xudo Musoga aytganday, “Qoya oldida turaman,” deb – Iso biz bilan. Xuddi Xudo Musoga aytganday, Qoya oldida turaman, xalqqa ichgani suv beraman, deb – Iso biz bilan. Unda hayotbaxsh suv bor. Shu kungacha Iso taklifnomani bizga uzatib turibdi. Kel. Suv ich. Yasha.