Injil o’zgartirilganmi?
Musulmonlar nima aytishadi?
Masihiylar hamda Yaxudiylar (b.a. Xristianlar va Jugutlar) o’zlarining muqaddas kitoblarini o’zgartirib qo’yishdi, deb ba’zi-bir musulmonlar aytishadi. Nima uchun ular shunday fikrga kelishgan ekan? Bu gap haqmi? Injil o’zgartirilganmi?
Injil o’zgartirilgan deb kimdir da’vo qilsa, birinchidan u kishi e’tirozini isbotlab berish kerak. To’g’rimi?
Injilning eng qadimgi nusxalari
Injilning minglab asl nusxalari dunyoda bor ekanligi haq so’zdir. Rim imperiyasining davridan qolgan kitoblar orasida, boshqa kitoblarga qaraganda, Injilning qadimiy nusxalari eng ko’p miqdorda. Milodimizning 570 yilgacha taqalab turgan, ya’ni Muhammad a.s. tug’ilishidan avval mavjud bo’lgan Injilning asl matnlari juda ko’pdir. [birinchi izohga qarang].
Bu qadimiy yozuvlarning ba’zilari Injilning to’liq kitobi, boshqalari esa Injilning bir parchasidan iborat. Eng qadimgi yozuvlar milodimizdagi 125- yilga taqalab qoladi. (rasmga qarang) Bu degani, o’sha qo’lyozmalar Isoning o’zi bu dunyoda kezib yurgan davrdan keyin faqatgina bir necha yil o’tgach yozilgan xolos. U paytda Isoni o’z ko’zi bilan ko’rgan ko’p guvoh odamlar hali ham tirik bo’lgandir.
Injil va Qo’r’onning dastlabki nusxalari
Ba’zi bir odamlar o’sha qo’lyozmalardan ayb topadi. O’sha qadimgi yozmalarda bir-biridan kichik farqlar turganligi, bu Muqaddas kitob ishonchli emas ekanligining isboti deb aytishadi. Biroq teskarisi to’g’ri ekan. O’sha qadimgi matnlar Muqaddas kitobning asl nusxasiga guvohlik beradi. Haqiqatan, Muqaddas kitobning «asl» nusxasi yo’q, Qur’onning «asl» nusxasi ham yo’qdir. Boshqacha aytganda, ikkala kitobning hech qaysining eng dastlabki qo’lyozmasi yo’q. Shunday bo’lsa, kitob haq ekanini qanday qilib bilamiz? Bizga guvohlar kerak, boshqa-boshqa yerlardan kelgib chiqqan, lekin bir xil voqea aytib beradigan har xil ovozlar kerak. Mana, qadimiy matnlar bizga o’sha guvohliklar bo’ladi.
Injil qo’lyozmalarning farqlari
Qo’lyozmalar orasida ko’p farqlar bor, deydi olimlar, lekin bu farqlarning asosiy qismi juda ham kichik farqlardan iborat ekan. Misol uchun, asl matnlar orasidagi bir kichkina farq mana shunday: «Masih» so’zi qanday yoziladi (grek tilida)? «Xristos» yoki «Xristus»? Qadimiy matnlar orasida farq qiladigan uzunroq parchalar ham bor, lekin o’sha uzun farqli parchalar har bir qadimiy matnda topilmas ekan. Eng uzun farq qiladigan parcha jami bo’lib faqat 10ta oyat. [2- izohga qarang] O’sha farqlarning hech qaysisi kitobning negizgi ma’nosiga ta’sir qilmaydi.
Shunday qilib, ko’p asrlar mobaynida minglab kilometrli masofadagi har hil yerlarda har qanday odam o’sha yuzlab juda qadimiy Injil matnlar yozgan. Ha, o’sha matnlarda ko’p juda kichkina farqlar bor: so’zlarning yozilishlari hamda tanlangan so’zlari. Bunday kichkina farqlar Injilning ataylab o’zgartirilganligiga isbot beradimi? Kimdir-birov ataylab Injilni o’zgartirmoqchi bo’lsa, keng yerlar-xududga sochilgan har qanday ko’chirmalarini yo’q qilishga to’g’ri kelmaydimi? Lekin haqiqatan, ko’chirma nusxalarni bartaraf qilishga odam urinib ko’rsa bir qancha nusxalar saqlanib qolaverardi-ku! Shunday qilib, natijada, turli xil Injil kitoblarga yega bo’lardik. Biroq aslida Injil nusxalari orasida bunday ulkan farqlar ko’rinmaydi. Qadimiy nusxalar solishtirganda, faqatgina juda kichkina farqlar bor, xolos. Shunisi tabiyi. Аsrlar osha minglab odam qadimiy matnlarni o’z qo’li bilan ko’chirib yozsa, kichkina farqlarni ko’rishni kutardik. Аjoyib-ki o’sha o’zgarishlar qanchalik ahamiyatsiz ekan.
Olimlar bir biri bilan rozi: Xristianlarning keyinchalik chiqqan oqimiga moslashtirib qo’yish uchun Injildagi hech qanday parchasi ataylab o’zgartirilmagan. Bunday ataylab qilingan o’zgartirishlarga hech qanday isbot yo’q. Bundan tashqari, bor farqlarning 99% ahamiyatsiz ekan, deb olimlar ko’shiladi. Qolgan 1% qadimiy nusxalardagi farqlar ishonch-imonning tub ma’nosiga ta’sir qilmaydi.
Qisqa xulosa keltirsak, bugungi Injil kitoblar buzilmagan, o’zgartirilmagan shaklda bizga tarixdan qoldirilgan. Injil o’zgartirilmagan!
Biz qaysi Injillar haqida so’z yuritamiz?
Bugungi kunda Muqaddas kitobni qaysi tilda qaysi tarjimani sotib olsangiz, Isoning hayoti hamda ta’limoti haqidagi to’rtta naqli yo boshqacha ko’rinishlari bor. Bu to’rtta kitobni «Injil» yoki «Xushxabar» deymiz. Injilning uchta kitobini Isoning shogirdlari yozgan: Matto, Mark, Yuhanno. To’rtinchisini esa, o’z ko’zlari bilan ko’rgan guvohlar bilan suhbatlashib olgan Luka degan shifokor yozgan. Shogirdlarning bayonatlar bir biridan farq qiladi, lekin asosiy ma’nosi, e’tiqodi bir. Isoning hayotida bo’lib o’tgan voqealari va aytgan ta’limotlaridan qaysi birlarini tanlab o’z kitoblariga kirgizib qo’yishganlari ozgina farq qiladi. Shunday qilib, Injil kitoblar bir-biriga qarama-qarshi bo’lmay, aksincha bir-birini to’ldirib turadi. Injil yozuvchilar bir xil umumiy hikoyani biroz boshqacha qarashlari bilan bayon etishadi. Ular bir voqea-hodisani ko’rgan to’rtta guvohga o’xshaydi. Har bir yozuvchi ko’rgan-eshitgan hodisani o’z so’zi bilan izohlaydi. Ba’zi bir dalillarga ko’proq bosim berib, boshqa ko’rganlarni esa ifoda etmasdan o’tishadi. Bugun to’rttala Injil kitoblaridan har birining asl nusxalari ko’p qolgan. Ular birinchi va ikkinchi asrlarga taqalib ketadi.
Barnaboning xushxabari
«Injil» deb atalmish Yahudoning xushxabari va Barnaboning xushxabari singari boshqa kitoblar yuqorida aytilgan asl nusxalardan ko’p asrlar keyin yozilgan. [3- izohga qarang]. Ular o’z vaqtlarining falsafasi va diniy nuqtai nazarini aks ettirib, ilk xushxabarlarning (Matto, Mark, Luqo, Yuhanno) asosiy e’tiqodlariga qarshi tugan odamlar tomonidan yozilgan.
Muhammad qaysi Injilga ishongan?
Muhammad a.s. Injil, Zabur va Tavrotga e’tiqod qilardi. Uning davrigacha shu kitoblar buzilib ketgan bo’lsa, Muhammad ularga ishonarmidi? Muhammad Isodan taxminan 600 yil keyin bu dunyoga keldi.
Nima uchun ba’zi musulmonlar Muqaddas kitobni yahudiylar va nasroniylar buzib qo’ygan deb aytishadi? Ehtimol, Muhammadning o’zi Muqaddas kitobni emas, balki yahudiy va nasroniylarning yozgan ko’plab qo’shimcha kitoblariga ishora qilgan bo’lishi mumkin. Masalan:
– Yahudiylarning Talmudi – Tavrot haqidagi fikr va sharxlarga to’la qalin bir tom
– Nasroniy asarlari – yunon falsafasini bilan xristian fikrlarni birlashtirmoqchi bo’lgan yunon qo’lyozmalaridir. Ular 2-, 3- asrlarga taqalaydi.
Oxiri oqibatda, na Xristianlar na yahuyiylar Injil va Tavrot kitoblarini soxtalashtirganlariga hech qanday ilmiy dalil yo’q! Injil o’zgartirilmagan!
Xudo O’zining muqaddas kitoblarni asraydimi?
Qur’onda yozilganday: Xudo O’z Kalomini himoya qiladi.
15- sura, 19- oyat:
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ – 15:9
“Biz Eslatuvni ayon qilib, uni albatta muhofaza qilurmiz.”
Bu haq so’z. Xudoiy Taolo O’z oshqor qilgan ayonini odamzod tomondan buzup qo’yishlaridan asray olmaydimi? O’n-to’rt asr davomida har bir xarf va so’z bulilmas holda Xudo Qur’onni asrab turdi, deb ishonishadi musulmonlar. Nima uchun Xudo bir muqaddas kitobini, ya’ni Qur’onni, asrar birok boshqa muqaddas kitoblarini, Tavrot va Injilni, butunlay buzilib qo’yishiga yo’l berar ekan?
16- sura, 43-44 oyatlari bo’yicha: shubha qilganlarida musulmonlar yahudiylar va nasroniylardan maslahat so’rashlari kerak.
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِي إِلَيْهِمْ ۚ فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ – 16:43
بِالْبَيِّنَاتِ وَالزُّبُرِ ۗ وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ – 16:44
«Biz sendan ilgari ham faqat yer kishilarni payg’ambar qilib yubordik xolos, ularga vahiy qilganmiz. Endi sizlar bilmasangiz, kitob ahlidan so’rang. Biz o’sha payg’ambarlarni bayonatlar va bitiqlar bilan yubordik. Endi biz senga Eslatuvni yuborib, sen odamzodga tushuntirib, ular muholaza qilishlari mumkin»
Injil va Tavrot buzilib ketgan bo’lsa, nima uchun Muhammad davrida odamlarga yahudiylar va nasroniylardan maslahat so’rashlarini Olloh buyurgan?
Olimlar nima ishonishadi?
Muqaddas kitob haqiqiy emas ekanligini olimlar izlab isbot qilib bo’lishdi, deb ba’zi odamlar aytishlari mumkin. O’sha fikrni ta’kidlamoqchi uchun, din-tushunos Erman aytgan dalillarni tilga olishlari mumkin. Faqatgina Injil-Tavrot haqligiga qarshi bu olimlarning da’volarini qabul qilishsa, biroq Qur’on haqidagi baxslarni muloxaza qilishmasa, odamning o’qishlari bir tomonli bo’lib, tushunib yetgan natijalari pishmagan bo’ladi. Hozirgi kunlarda, misol uchun, olimlar (Cook, Crone, Luxenburg) Qur’on matni asl nusxasidan farq qiladi deb ta’kidlashadi. [4- izohga qarang.]
Isoning so’zlari va shogirdlarining yozib olganlari
Mobodo, azaldanoq buzilgan holda Injil yozilgan bo’lsachi? Ba’zi odamlar: Injil yunon tilida yozilgan, lekin Iso yunon emas edi.
To’g’ri, Isoning ona tili yunon emas, balki oromiycha bo’lgan. Oromiycha Isoning davridagi ibroniy tilining bir dialekti bo’lgandir. Oromiy tili SSSRdagi o’zbek tiliga o’xshatsa bo’ladi. SSSR davrda barcha rasmiy maqsadlarni yetqazish uchun rus tili ishlatilgan. Huddi shu singara, Isoning davrida, oshxonada va do’stlar orasida oromiycha ishlatilgan, ammo har qanday rasmiy maqsad uchun Rim imperiyasining bu sharqiy qismida (Falastin o’z ichiga olgandir), asosiy til yunon tili bo’lgan.
Shubhasiz Iso ta’limot berganda, ko’pincha orom tilida gapirib berardi. Lekin Iso yunon tilini ham bilgan bo’lsa kerak. [5- izohga karang.] Shogirdlari Isoning so’zlarini hamda xatti-harakatlarini yozib qo’yganlarida, boshidanoq yunon tilini tanlashgan. Iso haqidagi yangiliklarni iloji boricha ko’proq odamga yetqazish niyatida bo’lganlar. Shu singari SSSRdagi o’zbek xalq yozuvchilar butun davlatga yetqazmoqchi bo’lsa, o’z asarlarini rus tilida nashr etgan bo’lardi.
Ha, shogirdlari o’z so’zlarini tanlab yozishgan. Isoning so’zlarini tarjima qilishlariga to’g’ri keldi. Shogirdlari shuncha astoydil tarjima qilishganki, Injilning ba’zibir joylarda yunon tilidagi gaplarning tuzuilishida oromiy tilidagiday so’z tartibini topsak bo’ladi. [6- izohga qarang.]
Injilning maqsadi
Xudo Muqaddas kitobning asl nusxasi (ya’ni Tavrot, Zabur, Injil) asrlar davomida saqladi. Xudo qancha ko’p ishonchimizga loyiq bo’lsa, bu muqaddas kitoblarga ham shunday ishonsak bo’ladi. Bu bitiqlar hayot yo’lini ko’rsatidi. Bu yo’l Iso Masih orqali. Iso O’z o’limi va tirilgani orqali bizga abadiy hayot beradi, bizni Xudo bilan yarashtiradi, yuraklarimizga tinchlik o’rnatadi, jonimizga shifo, hayotimizga yangi maqsad beradi. Ha, Xudoning Muqaddas kitobi bizga barhayot Kalomulloh, Iso Masihni, ishonchli ravishda ayon qiladi.
Muqaddas Kitob o’zi uchun gapiradi
Injil va Zaburdan olingan so’zlar bilan yaqunlaymiz:
Havoriy Yuhanno quyidagicha aytadi:
“Kitobga kiritilgan mo’’jizalar esa sizlar uchun yozilgan. Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning O’g’li ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega bo’linglar.”
(Injil, Yuhanno 20-bob, 31-oyat)
Iso Masih shunday deydi:
“Yeru osmon yo’q bo’lib ketadi, ammo Mening so’zlarim kuchda qoladi.”
(Injil, Matto 24-bob, 35-oyat)
Dovud payg’ambarning so’zlari:
“Kaloming, ey Egam, to abaddir,
U samolarda mustahkam turadi.”
(Zabur 118-surasi, 89-oyat)
Yana o’qiysizmi?
Ko’proq o’qimoqchi bo’lganlar uchun:
Достоверность Священного Писания, http://online.slovocars.org/?pg=Appendix-XXB (rus tilida)
Библия, Что такое Библия? Текстология Библии. Толкование Библии. Апологетика Библии. Что Коран говорит о Библии. Евангелие от Варнавы. (rus, turk, ingliz tillarida)
https://answering-islam.org/russian/bible.html
Keyingi maqola: Xudoning O’g’li yo’q-ku!
Izohlar
1- Izoh
https://en.wikipedia.org/wiki/Biblical_manuscript#New_Testament_manuscripts 322 majiskyul, ya'ni katta xarflar bilan yozilgan qo'lyozmalar, mavjud. Yana 2.907ta miniskyul, yo kichik xarflar bilan yozilgan matn bor. Jamoatlarda o'qish uchun tayyorlangan 2445ta parchalar va 127 papirus-qog'ozda yozilgan parchalar bor. Bularning jami bo'lib 5,801ta Yangi Аhdning qo'lyozmalaridir (qisman yoki butunlik shaqlida).
2- Izoh
Quyida ikki ingliz tilidagi saytlarning varoqlari. Injil asl matnlari va tarjimalarining farqlarini tushuntiradi. https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_New_Testament_verses_not_included_in_modern_English_translations https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_major_textual_variants_in_the_New_Testament U yerda ko'rganingizday, eng avvalgi matnlarda yo'q bo'lgan biroq ba'zi bir zamonaviy Injil kitoblarida topilgan uzunroq parchalar quyidagilar: - Marka 16-bob, 9-20 oyatlar - Yuhanno 7-bob, 53- oyatdan 8-bob, 11- oyatgacha O'sha qismlar Masih haqidagi asosiy e'tiqodlarga ta'sir qilishmaydi.
3- Izoh
Barnabo deb atalgan qo'lyozma XVI yoki XVII asrlarda yozilgan. Ushbu davrimizda bizga faqat bir nusxasi qolgan. Italya tilida yozilgan. Qo'shimcha ma'lumot: https://en.wikipedia.org/wiki/Gospel_of_Barnabas (ingliz tilida) https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%95%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B3%D0%B5%D0%BB%D0%B8%D0%B5_%D0%BE%D1%82_%D0%92%D0%B0%D1%80%D0%BD%D0%B0%D0%B2%D1%8B (rus tilida)
4- Izoh
Patricia Crone and Michael Cook, Агаризм: создание исламского мира, 1977 (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%80%D0%BE%D1%83%D0%BD,_%D0%9F%D0%B0%D1%82%D1%80%D0%B8%D1%81%D0%B8%D1%8F) (rus tilida) Christoph Luxenberg, Сиро-арамейское прочтение Корана, 2000 (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D1%80%D0%B8%D1%81%D1%82%D0%BE%D1%84_%D0%9B%D1%8E%D0%BA%D1%81%D0%B5%D0%BD%D0%B1%D0%B5%D1%80%D0%B3 ) (rus tilida)
5- Izoh
Iso Falastindagi "Gaileya" degan viloyatda tug'ilgan. Galileya degan nom "Galil ha-goyim", ya'ni "xalqlar tumani" uchun qisqacha ism bo'lishi mumkin. Qolaversa, Galileya Falastinning eng g'ayri-yahudiy viloyati edi. U yerga ko'plab atrofdagi xalqlar joylashib olgan. Galileyadagi ba'zi shaharlarni Rim imperatorlari qurdirgan, keyinchalik grek hamda rim fuqarolar u shaharlarda yashashgan. Isoning otasi Yusuf duradgor bo'lib ishlagani uchun, ota-o'g'il ko'p yunon yo rim qurilish loyihalarida ishlashgan bo'lishlari mumkin.
6- Izoh
https://en.wikipedia.org/wiki/Language_of_the_New_Testament (ingliz tilida) Ushbu saytda, ko'p olimlar Injil asli yunon tilida yozilganligini ta'kidlashadi, lekin bir nechta olimlar Injil asl nusxalari oromiy tilidan tarjima qilingan, deb ishonishadi. Bundan tashqari, saytdagi aytishi bo'yicha, Iso shubxasiz oromiy, ibroniy va ehtimol yunon tili ham bilgan. Isoning ba'zi nutqlari ham yunon tilida yetkazgan bo'lishi mumkin.