Blog

Allohning kalomi abadiydir

Аzalda Kalom bor edi.
Kalom Xudo bilan birga edi,
Kalom Xudo edi.
Аzalda U Xudo bilan birga edi.

INJIL, Yuhanno 1:1-2
Abadiy Alloh koinotni kalomi orqali yaratgan
Abadiy Alloh koinotni kalomi orqali yaratgan

Allohning kalomi

Kalom — yunoncha matnda logos. Tarixda odamlar bu so’zni ishlatganlarida nafaqat og’izdan chiqqan so’zni, balki hali tilga olinmagan, xayoldagi fikrni ham nazarda tutganlar. Ular bu so’zni koinotga nisbatan ishlatganlarida, butun olamni boshqarib turgan, borliqqa asos solgan, koinot manbai va ijodkori bo’lgan Xudoni nazarda tutganlar.

Allohning kalomi abadiydir

Yuhanno Isoning shogirdi bo’lib, uning bu kitobi boshida “Kalom” so’zini ishlatib, Alloh bilan tenglashtiradi. Alloh O’zining Kalomi orkali koinotdagi hamma narsani vujudga keltiradi. Xudo olamda ishlarini bajarganda, Kalomi orkali amalga oshiradi. Kitobning yozuvchisi Yuhanno, bu so’z Kalomni shaxsga keltiradi. Keyinroq bu kitobda Yuhanno ochiqchasiga bu Kalom Iso Masih yekanini ko’rsatadi. Bu degan ikki Xudo emas. Xudo bir. Uning mohiyati bir. Аsli Xudoning Kalomi barhayotdir.

Allohning kalomi abadiydir!

Abadiy Alloh koinotda erni kalomi orqali yaratgan
Abadiy Alloh koinotda erni kalomi orqali yaratgan

Butun Bob: Azalda – Allohing Kalomi bor edi

Azalda Kalom bor edi.

Kalom Xudo huzurida edi,

Kalom – Xudo edi.

Azaldanoq U Xudo huzurida edi.

Borliq U orqali bor bo‘lgan,

Usiz hech narsa bor bo‘lgan emas.

Neki bor bo‘lgan bo‘lsa,

U orqali bor bo‘lgan.

Unda hayot bor edi,Hayot insonlarning nuri edi.

Nur zulmatda porlaydi,

Zulmat esa nurni qoplay olmadi.

Xudo tomonidan yuborilgan bir odam bor edi, uning ismi Yahyo edi. U shohidlik qilgani, nur haqida shohidlik qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin. Uning o‘zi nur emas edi, u faqat nur haqida shahodat berishga yuborilgan edi. Dunyoga kelayotgan hamma odamzodni yorituvchi haqiqiy nur bor edi.

Kalom dunyoda bor edi,

Dunyo U orqali bor bo‘lgan edi,

Biroq dunyo Uni tanimadi.

O‘zinikilarning yoniga keldi U,

Lekin O‘zinikilar Uni qabul qilmadi.

Uni qabul qilganlarga esa,

Barcha Uning nomiga imon keltirganlarga

U Xudoning farzandi bo‘lish iqtidorini berdi.

Ular na qondan,

Na tana xohishidan,

Na er xohishidan,

Balki Xudodan tug‘ildilar.

Kalom inson qiyofasiga kirdi

Va biz aro maskan qildi.

Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik;

Otasi huzuridan kelgan,

Marhamat va haqiqat ila to‘lgan

Yagona O‘g‘ilning ulug‘vorligini ko‘rdik.

Yahyo U haqda guvohlik berdi va ovozini baland qilib dedi: “Mening ketimdan Kelayotgan bor, U mendan ham ulug‘, chunki U mendan ilgariroq bor edi, deb aytganim Shuning O‘zidir”.

Uning kamolotidan biz hammamiz

Marhamat ustiga marhamat oldik.

Tavrot Qonuni Muso orqali berilgan edi,

Ilohiy marhamat va haqiqat esa

Iso Masih orqali zohir bo‘ldi.

Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas;

Otasining bag‘rida bo‘lgan yagona O‘g‘il

O‘zi Uni izhor qildi.

Injil, Yuhanno bob 1, ayot 1-18

Mabai

Ko’proq o’qish

Butun Muqaddas Kitob o’qing

Injil o’zgartiliganmi?

Xudoning Kalomi: Qilich, Olov va Chiroqdir!

Kirish

Bu blogda, Xudoning Kalomi bizga ham qilich, ham olov, ham chiroqdir ekanligini ko’rsatamiz.

Mana, Xudoning kalomi haqida uchta oyat:

«Egamiz shunday demoqda: ‘Mening so’zim olovday kuydiradi. Qoyani yoradigan bolg’aday zarba beradi.'»

– Tavrotdan, Yeremiyo 23:29

«Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir,
Yo’limga nur sochadigan yorug’likdir.»

– Zaburdan, 118:105
Xudoning kalomi qilichdir

Xudoning kalomi

Аniqroq anglab olishimiz uchun, Xudo O’z tushunchasini bizga surat va tavsirlar orqali yetqazadi. O’sha oyatlardagi rasmlarga e’tibor berdingizmi? Qarang: Qilich nima qiladi? Olov qanday ta’sir qiladi? Bolg’achi? Xudoning so’zi umrimizda hech uchramagan o’tqir qilichga o’xshatsa bo’ladi. O’sha qilich bizga sanchib ichki dunyomizni yorib o’tadi. Xudoning kalomi ham olov, ham bolg’aga o’xshaydi. Xudoning rejalarini, niyatlarini amalga oshirishga qodir. Bolg’aga o’xshab qattiq toshni yoradi. Ba’zan odamlarning yuraklari qattiq toshga o’xshamaydimi? Bundan tashqari, Xudoning so’zi chiroqqa o’xshab, yurgan so’qmoqlarimizni yoritib, qanday yashash kerakligini ko’rsatadi. Hamda qorong’ulikni kun qilib, yiqilib ketmasligimiz uchun yo’limizdagi to’siqlarni fosh qiladi.

Kalomi ijro etadi

Xudoning so’zi hayotimda ijro etadi. Fikrlarimini, hayollarimini, niyatlarimni ko’rsatadi, fosh qiladi, ajrim qiladi, hukm qiladi. Xudodan va Uning so’zidan men yashirinib qochib keta olmayman. Xudoning so’zi haqdir. Xudoning O’zini tanib bilishim uchun Uning kalomini o’qiyman. Ya’ni Uning kimligini, qanaqaligini bilishim uchun o’qiyman. “Ey Xudo, Sen Kimsan? O’zingni menga namoyon qil,” desam, kalomi orqali O’zini ayon qiladi. O’zimni, niyatlarimni yaxshiroq bilib olishim uchun Xudoning so’zini o’qiyman. Uning so’zi orqali Xudo yashirin joylarimni ko’rsatadi, boshqalarga ko’rsatmagan hayollarni Xudo ochib beradi. Haqiqatan Xudoning ajoyibligini ruhan ko’rib, men ham o’zgarar ekanman.

Xudoning kalomi chiroqdir

So’zi jonli va ta’sirli

Xudoning so’zini o’qisam, Xudo menga yaxshi baxo bermaydi. O’z foydamni ko’zlab o’qimayman. Xudoning kalomi faqatgina qonun-qoidaning ro’yxati emas. Аksincha, Xudoning so’zi jonli, ta’sirli. Xudoning kalomi Uning maqsadlarini mening hayotimda, oilamda hamda butun dunyoda ro’yobga chiqaradi.

Xudoning kalomi haqida uchta oyat sizga nima ma’no anglatadi?

Ko’proq o’qish

Butun Muqaddas Kitob o’qing

Injil o’zgartiliganmi?

Qullik faxmlashdan ozod bo’l!

Tavrot, Chiqish kitobi bo 17 ayat 1-7
Qoyadan chiqqan suv
1 Isroil xalqining butun jamoasi har doim Egamizning amriga rioya qilib, bir joydan boshqa joyga ko’chib, Sin sahrosidan ketdi. Rafidimda qarorgoh qurgan edi, lekin u yerda Isroil xalqi uchun ichgani suv yo’q ekan.2 Ular Musoga: “Bizga ichgani suv ber”, deb nolidilar. Shunda Muso:
— Nimaga menga noliyapsizlar?! — dedi. — Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!
3 Lekin xalq chanqagan edi. “Nimaga bizni Misrdan olib chiqding?! O’zimizni, bolalarimizni, chorvamizni suvsizlikdan o’ldirish uchun olib chikqan ekansan–da?!” deb Musoga ming’irlab nolidi.
4 — Bu xalqni nima qilay? — deb iltijo qildi Muso Egamizga. — Yana bir ozdan keyin ular meni toshbo’ron qilishadi–ku!
5 — Isroil oqsoqollaridan ba’zilarini yoningga olib, xalqning oldida bor! — deb amr berdi Egamiz Musoga. — Nil daryosiga urgan tayog’ingni ham o’zing bilan ol.6 Men sening oldingda — Sinay tog’idagi qoyaning tepasida turaman. Sen tayoqni qoyaga ur, qoyadan suv otilib chiqadi. Keyin xalq ichadi.
Muso Isroil oqsoqollarining ko’zi oldida Egamiz aytganday qildi.7 Shunday qilib, Muso o’sha joyga Massax va Mariva, deb nom berdi. Isroil xalqi u yerda Muso bilan janjal qilgan, “Egamiz biz uchun g’amxo’rlik qiladimi, yo’qmi?” deb Uni sinagan edi

Muso Mabaisi

Xalq 400 yil Misrda qul bo’lib yashagan. Endi ular sahroda bir joydan boshqa joyga yurishibdi. Xudo ularning har kungi ovqat berib turibdi. Muso ularning boshchilligi. Xudo O’zi yo’lini ko’rsatayapti. Xudoning amri bilan xalq bir joyga kelib qoldi. O’sha joy Rafidim degani. U joyda suv yo’q ekan. Bu sharoit Xudoni hayratga qoldirdimi? Yo’q, U O’zi xalqni shu joyga yetaklab keldi. Biroq xalq kimga qarab gapiradi. Kimga shiqoyat qiladi? Xalq, “Bizga suv ber” Musoga deydi. Demak suv chiqarib berishi uchun Musoga – bir odamga qarashdi. Musochi? Shuncha milionlab odamga qaerdan suv chiqarib berish kerak? Xalqning umidi bir odamdan ekan. Xalq shiqoyat qilib nolishadi, bosim qilishadi. Ular, “Nimaga Misrdan olib chiqarding? O’ldirish maqsadidami?” deyishar. Misrda nima qilishayotgan edi? Qul bo’lib yashashgan. Qullikdan qutqarilishlari uchun, Xudoga faryod qilishgan. Ularning faryodlarini Xudo eshitgan, qutqargan. Endi o’sha xalq Misrdan chiqqaniga Musoga qarshi shiqoyat qilishayapti. Аmmo haqiqatan kim ularni Misrdan olib chiqqan? Xudo-ku! Xudo xalqni boshqarayotgan edi. Suvsiz joyga Xudo yetakladi. Xudoga qaramasdan, xalq Musoga qaradi.

Xalq sahroda turib chanqab qolganlarida, nima qilishlari mumkin edi? Suv so’rab Xudodan iltijo qilishlari mumkin edi. Аmmo ular Xudo g’amxo’rlik qilishi uchun ibodat qilib so’ramagan. Xalq Xudoning kim ekanligi, kuch-quvvati, himmati yodda tutishgan bo’lardi. Qancha marta Xudo ularni parvarish qilgani eslasa bo’lardi. Ularning boshida Xudo turgani, bir joydan boshqa joyga Xudo yetaklagani esda qoldirishi mumkin edi. Xalq Xudoga ishonishlari mumkin edi. Lekin shularning o’rniga nima qilishdi? Ular ming’irlab nolishdi. Shu bilan Xudoni, Uning kuchli ishlarini unutib qo’yganini ko’rsatishdi. Xalq Xudoga bo’lgan ishonchsizligini ko’rsatishdi. Xudoga iltijo qilmay, ishonmay, Xudoni eslariga keltirmasdan, shularning o’rniga xalq Xudoga qarshi nolidi, shiqoyat qilishdi. Shu harakatlari bilan xalq xotirasi tor ekanligini, imoni sust ekanini ko’rsatishdi.

Muso — Nimaga menga noliyapsizlar?! Nima uchun Egamizni sinayapsizlar?!” dedi. So’zlaridan Muso haqida nimani tushunsak bo’ladi? Xalq Xudodan norozi ekanligi Muso tushunayapti. Xalq o’zlarini Xudodan ustun qo’yib hukm qilayotgan ekan. Xalq shiqoyat qilishlari davom etishsa, Muso nima qiladi? Ular bilan baxs qilsa bo’lardi. Ularga ko’p gapirib o’rgatsa bo’lardi. Ularni so’qib bersa bo’lardi. Muso shu ishlarni qilmay, o’rniga Muso Xudo iltijo qiladi. Muommoni Xudoga keltiradi. Muso biladi, o’zida suv yo’q. Muommoni yechib berish uchun, o’zi ojiz. Xalqning muxtojini qondirish uchun, Muso o’zining ichidan-vujudidan chiqarib bera olmaydi. Oq-soqollar bilan birgalikda maslahat qilsa bo’lardi, biron aqlli reja topsa bo’lardi, odamlarga, “suv qazinglar!” deb buyruq bersa bo’lardi. Lekin shularni qilmay, Muso Manbayga to’g’ri boradi. Ya’ni, Xudoga iltijo qiladi. Xudo O’zi hayotbahsh suv Manbayidir. Xudo, “Men O’zim oldingda turaman,” dedi. Shu bilan Xudo nima aytayapti? “Men sen bilan birgaman. Men sening vaziyatingdaman. Men O’zim muommoni xal qilaman. O’zim sen uchun Manbayman.” Xalq suvsiz sharoitda bo’lib qolishdi. Musoning bergani suv yo’q. Lekin Xudo bor! Sizchi? Qanday ishonasiz? Xudo sizning vaziyatingizga kela oladimi? Musoning oldidagi qoyaga Xudo kela oladimi? Keldimi? Xalq ishonmay yurgan. Ular, “Xudo bormi o’zi?!” deganday so’rashdi. Xalqning tushunchasida, Xudo yo kichkina ekan yo kuchsiz yo juda olis-uzoqda turib, vaziyatlaridan bexabar. Lekin hikoyaga qarang. Xudo haqiqatan bor, muommo yechishga qodir, g’amxo’rlik qiladi!

Ba’zan o’zimni ham juda ojiz sezaman. Ichimda nimalar yetmaganday xis qilaman. O’shanda o’zimni bo’sh tish-pastaning edishiga o’xshataman. Bo’sh edishni siqsangiz, xech nima chiqmaydi, chunki ichida xech nima yo’q. Xudoning So’zida, boshqalarni xurmat qil, sevgi-muhabbat ko’rsat, rahmdillik bilan gapir, muloyim bo’l, sahiy bo’l deganlar ko’p. Shu talablarga qo’shilib atrofdagi odamlarga bo’lgan majburiyatlar meni siqib bosadi. Sevgi-muhabbat ko’rsatmasdan, qo’rqa boshlayman. To’g’ri ishlar qilishimga kuch yetmaganidan, o’zim ojiz sezaman. Ojiz bo’lsam, qo’rqsam, o’zimni ichi bo’sh qamishday xis qilsam, nima qilay, qaerga boray? Yana astoydil harakat qilaymi? Bo’sh tish-pastaning edishini siqaymi? Yoki Musoga o’xshab, Hayotbaxsh Suv Manbayiga iltijo qilishini o’rganaymi? Sizchi? Siz nima qilasiz? Siz qaerga borasiz? Hayotingizda quruq bir joyga kelib qolsangiz, ruhan chanqagan bo’lsangiz, qaerga borasiz? Yana ham astoydil harakat qilasizmi? Ko’proq marosimlarga borasizmi? Ojiz tomonlaringizni yashirib, yuzingizga bir tabassum chizib tashlaysizmi? Yo ruhingiz qondirish uchun qandaydir aysh-ishratga berilib ketasizmi? Yo Manbayga borasizmi?

Bo’sh tish-pastaning edishini siqaymi?

Injil, Yuhanno bo 4 ayat 10:
Iso ayolga dedi:
— Xudo senga qanday in’om bermoqchi ekanligini va sendan suv so’ragan Odam kim ekanligini sen bilmaysan. Bilganingda edi, o’zing Undan suv so’ragan bo’lar eding va U senga hayotbaxsh suvni bergan bo’lardi.

Muso vafo etib ancha yil o’tgandan keyin, Iso bir gunohkor ayol bilan suhbat qilgan. Iso ayolga, Kel, senga hayotbaxsh suv beraman, degan. Xuddi Xudo Musoga aytganday, “Qoya oldida turaman,” deb – Iso biz bilan. Xuddi Xudo Musoga aytganday, Qoya oldida turaman, xalqqa ichgani suv beraman, deb – Iso biz bilan. Unda hayotbaxsh suv bor. Shu kungacha Iso taklifnomani bizga uzatib turibdi. Kel. Suv ich. Yasha.

Xudoning Adan bog’i

Muqaddas kitob:
<< Parvardigor Egamiz sharqda — Аdan degan joyda bog’ barpo qilib, O’zi yaratgan odamni o’sha boqqa qo’ydi. Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o’stirdi. Bog’ning o’rtasiga hayot ato etuvchi daraxtni va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini qo’ydi. >>

– Ibtido bob 2 ayat 8-9

Anor daraxti

Xudoni qanday tushunamiz? Bu hayotning eng muhim savoli bo’lsa kerak.

Bu oyatga qarab shunga o’xshagan savol bersak bo’ladi. Xudo bog’ barpo qilgan bo’lsa, bu degan Xudo kim, Xudo qanday? Bu degan Xudo yaratishga qodir, hamda Xudo O’zi bog’ning Egasi, shunday emasmi?

Yana bir savol: Xudo “chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni” o’stirgan bo’lsa, bu Xudo haqida bizga nima o’rgatadi? O’zim o’ylab topgan javoblaridan mana shular:

Xudo chiroyli, ajoyib mevali daraxtlarni yaratadi. Ularni har xil qilib yaratdi. Turlari bir xil qilib yaratsa bo’lardi-ku. Аmmo ularni rang-barang, ko’rinishi har xil, mazasi shakardan ham shirin qilib yaratdi. Bahor faslida mahalla ko’chalaridan yurgan bo’lsangiz, o’zingiz ham olcha, o’riq, olxo’ri ko’rgandirsiz. Pishgan mevalar xali daraxtda turar ekan, chiroqqa o’xshab yonadi! Ovozi bo’lmasa ham, “Hayot!” deb baqiradi.

Bugun men turgan yerda bahor emas, qish faslidir. Qor yog’ib turibdi. Siz hech qorga yaqin qaramaganmisiz? Аjoyibligini ko’rmaganmisiz? Qorning muraqqab tuzilishiga ahamiyat bersak, uning Yaratuvchi Xudo haqida qanday xulosa qilsak bo’ladi? Qorning shakli Xudoning donoligini ko’rsatadi. Qorning op-oqligini ko’rib, Xudoning qoraligi yo’q deb xulosa qilsak bo’ladi.

Qor

Tepadagi oyatini o’ylasam, Xudo yaratgan narsalar haqida o’ylasam, men Xudoning ezguligini, beminnatligini, asl rassom ekanligini tushunaman. Bandasiga yoqqan, ko’ziga chiroyli ko’ringan, iste’mol qilishiga foydali ekan meva yaratib beradi Xudo. Аjoyibotlarni yaratadi!

Nasroniylar Allah yaratgan Isoga ibodat qilishadimi?

“Bir olimdan:

– Musulmonlar bilan nasroniylarning qanday farqi bor?, – deb deb so’rashdi. Olim: Musulmonlar Isoni yaratgan ALLOH TA’OLOga ibodat qilishadi. Nasroniylar esa ALLOH TA’OLO yaratgan Isoga ibodat qilishadi, – deb javob berdi.»

Javob: Аfsuski, bu “olim” adashibdi. Haqiqiy Masihiylar (ya’ni Isoning shogirdlari) Isoning yaratilganiga ishonmaydi. Injilda ham Iso yaratilgan, deb yozilmagan. Buning o’rniga, butun borliq Iso orqali yaratilgan, deb Injil tasdiqlaydi. Isoning O’zi yaratilganman, demagan. Biroq O’z O’zi haqida butunlay boshqa narsalar aytgan. “Ibrohim tug’ilmasdan oldin Men bor bo’lganman.” Shunday qilib Xudoning ismini: Men Borman deb, O’zini odamlarga oshkor qilgan ismini Iso ifodalaydi. Keyinroq, “Men va Otam birmiz,” deb aytgan Iso. O’sha hodisalarning ikkovida, Isoni eshitib turganlar, qo’llariga tosh olib Uni toshbo’ron qilmoqchi bo’lganlar.

 Shunda, Isoni eshitib turgan odamlar singari, siz ham tanlasangiz bo’ladi. Masihiylar jinni ekan, desangiz bo’ladi. Yo Iso jinni desangiz bo’ladi, yo o’sha puchga chiqargan yolg’onga ishonib, Xudoning bitiqlari bo’lgan Injil kitobi o’zgarib ketdi, desangiz bo’ladi. Аmmo Xudoning Qalomini o’qib, Iso yaratilgan odam ekan, deb xulosaga kela olmaysiz. Hech qachon. Iso azaldan Xudo bilan bir bo’lgan, O’zi Xudo, ikki xudo emas, uch xudo emas. Ha, birgina, yakka-yu yagona Xudoga e’tiqod qilishadi Masihiylar. Xudo hamma narsani O’ziga qaytarib egalab olish uchun, O’z mavjud qilgan dunyoga tashrif buyurdi. Dunyoviy podshoh qo’li ostidagi xalq tashrif buyura oladiganday, shohlarning Shohi ham shunday qilib bandalarining oldiga kelib qolishi mumkin.

 Iso shunday deb aytdi:

<< Otangiz Ibrohim kelgan kunimni kutib, xursand bo’lgan edi. O’sha kunni ko’rib, qattiq quvondi.
— Siz hali ellik yoshga to’lmagan bo’lsangiz, qanday qilib Ibrohimni ko’rgansiz?! — deyishdi yahudiylar Unga. 58 Iso ularga shunday javob berdi:

— Sizlarga chinini aytayin: Ibrohim tug’ilmasdan oldin Men bor bo’lganman.

 Shunda Isoni toshbo’ron qilmoqchi bo’ldilar. Iso esa yashirincha Ma’baddan* chiqib ketdi. >>

(*Maьbad = Xudoga sajda qiladigan uy)

 — Yuhanno 8:56-59

“Бир олимдан:

– Мусулмонлар билан насронийларнинг қандай фарқи бор?, – деб деб сўрашди. Олим:
– Мусулмонлар Исони яратган AЛЛОҲ ТAъОЛОга ибодат қилишади. Насронийлар эса AЛЛОҲ ТAъОЛО яратган Исога ибодат қилишади,
– деб жавоб берди.”

Жавоб: Афсуски, бу “олим” адашибди. Ҳақиқий Масиҳийлар (яъни Исонинг шогирдлари) Исонинг яратилганига ишонмайди. Инжилда ҳам Исо яратилган, деб ёзилмаган. Бунинг ўрнига, бутун борлиқ Исо орқали яратилган, деб Инжил тасдиқлайди. Исонинг Ўзи яратилганман, демаган. Бироқ Ўз Ўзи ҳақида бутунлай бошқа нарсалар айтган. “Иброҳим туғилмасдан олдин Мен бор бўлганман.” Шундай қилиб Худонинг исмини: Мен Борман деб, Ўзини одамларга ошкор қилган исмини Исо ифодалайди. Кейинроқ, “Мен ва Отам бирмиз,” деб айтган Исо. Ўша ҳодисаларнинг икковида, Исони эшитиб турганлар, қўлларига тош олиб Уни тошбўрон қилмоқчи бўлганлар.

Шунда, Исони эшитиб турган одамлар сингари, сиз ҳам танласангиз бўлади. Масиҳийлар жинни экан, десангиз бўлади. Ё Исо жинни десангиз бўлади, ё ўша пучга чиқарган ёлғонга ишониб, Худонинг битиқлари бўлган Инжил китоби ўзгариб кетди, десангиз бўлади. Аммо Худонинг Қаломини ўқиб, Исо яратилган одам экан, деб хулосага кела олмайсиз. Ҳеч қачон. Исо азалдан Худо билан бир бўлган, Ўзи Худо, икки худо эмас, уч худо эмас. Ҳа, биргина, якка-ю ягона Худога эътиқод қилишади Масиҳийлар. Худо ҳамма нарсани Ўзига қайтариб эгалаб олиш учун, Ўз мавжуд қилган дунёга ташриф буюрди. Дунёвий подшоҳ қўли остидаги халқ ташриф буюра оладигандай, шоҳларнинг Шоҳи ҳам шундай қилиб бандаларининг олдига келиб қолиши мумкин.

Исо шундай деб айтди:

<< Отангиз Иброҳим келган кунимни кутиб, хурсанд бўлган эди. Ўша кунни кўриб, қаттиқ қувонди.
— Сиз ҳали эллик ёшга тўлмаган бўлсангиз, қандай қилиб Иброҳимни кўргансиз?! — дейишди яҳудийлар Унга. 58 Исо уларга шундай жавоб берди: — Сизларга чинини айтайин: Иброҳим туғилмасдан олдин Мен бор бўлганман. Шунда Исони тошбўрон қилмоқчи бўлдилар. Исо эса яширинча Маъбаддан* чиқиб кетди. >>

(*Маьбад = Худога сажда қиладиган уй)

– Юҳанно 8:56-59