Allohning kalomi abadiydir

Аzalda Kalom bor edi.
Kalom Xudo bilan birga edi,
Kalom Xudo edi.
Аzalda U Xudo bilan birga edi.

INJIL, Yuhanno 1:1-2
Abadiy Alloh koinotni kalomi orqali yaratgan
Abadiy Alloh koinotni kalomi orqali yaratgan

Allohning kalomi

Kalom — yunoncha matnda logos. Tarixda odamlar bu so’zni ishlatganlarida nafaqat og’izdan chiqqan so’zni, balki hali tilga olinmagan, xayoldagi fikrni ham nazarda tutganlar. Ular bu so’zni koinotga nisbatan ishlatganlarida, butun olamni boshqarib turgan, borliqqa asos solgan, koinot manbai va ijodkori bo’lgan Xudoni nazarda tutganlar.

Allohning kalomi abadiydir

Yuhanno Isoning shogirdi bo’lib, uning bu kitobi boshida “Kalom” so’zini ishlatib, Alloh bilan tenglashtiradi. Alloh O’zining Kalomi orkali koinotdagi hamma narsani vujudga keltiradi. Xudo olamda ishlarini bajarganda, Kalomi orkali amalga oshiradi. Kitobning yozuvchisi Yuhanno, bu so’z Kalomni shaxsga keltiradi. Keyinroq bu kitobda Yuhanno ochiqchasiga bu Kalom Iso Masih yekanini ko’rsatadi. Bu degan ikki Xudo emas. Xudo bir. Uning mohiyati bir. Аsli Xudoning Kalomi barhayotdir.

Allohning kalomi abadiydir!

Abadiy Alloh koinotda erni kalomi orqali yaratgan
Abadiy Alloh koinotda erni kalomi orqali yaratgan

Butun Bob: Azalda – Allohing Kalomi bor edi

Azalda Kalom bor edi.

Kalom Xudo huzurida edi,

Kalom – Xudo edi.

Azaldanoq U Xudo huzurida edi.

Borliq U orqali bor bo‘lgan,

Usiz hech narsa bor bo‘lgan emas.

Neki bor bo‘lgan bo‘lsa,

U orqali bor bo‘lgan.

Unda hayot bor edi,Hayot insonlarning nuri edi.

Nur zulmatda porlaydi,

Zulmat esa nurni qoplay olmadi.

Xudo tomonidan yuborilgan bir odam bor edi, uning ismi Yahyo edi. U shohidlik qilgani, nur haqida shohidlik qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin. Uning o‘zi nur emas edi, u faqat nur haqida shahodat berishga yuborilgan edi. Dunyoga kelayotgan hamma odamzodni yorituvchi haqiqiy nur bor edi.

Kalom dunyoda bor edi,

Dunyo U orqali bor bo‘lgan edi,

Biroq dunyo Uni tanimadi.

O‘zinikilarning yoniga keldi U,

Lekin O‘zinikilar Uni qabul qilmadi.

Uni qabul qilganlarga esa,

Barcha Uning nomiga imon keltirganlarga

U Xudoning farzandi bo‘lish iqtidorini berdi.

Ular na qondan,

Na tana xohishidan,

Na er xohishidan,

Balki Xudodan tug‘ildilar.

Kalom inson qiyofasiga kirdi

Va biz aro maskan qildi.

Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik;

Otasi huzuridan kelgan,

Marhamat va haqiqat ila to‘lgan

Yagona O‘g‘ilning ulug‘vorligini ko‘rdik.

Yahyo U haqda guvohlik berdi va ovozini baland qilib dedi: “Mening ketimdan Kelayotgan bor, U mendan ham ulug‘, chunki U mendan ilgariroq bor edi, deb aytganim Shuning O‘zidir”.

Uning kamolotidan biz hammamiz

Marhamat ustiga marhamat oldik.

Tavrot Qonuni Muso orqali berilgan edi,

Ilohiy marhamat va haqiqat esa

Iso Masih orqali zohir bo‘ldi.

Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas;

Otasining bag‘rida bo‘lgan yagona O‘g‘il

O‘zi Uni izhor qildi.

Injil, Yuhanno bob 1, ayot 1-18

Mabai

Ko’proq o’qish

Butun Muqaddas Kitob o’qing

Injil o’zgartiliganmi?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan