Xudoning Adan bog’i

Muqaddas kitob:
<< Parvardigor Egamiz sharqda — Аdan degan joyda bog’ barpo qilib, O’zi yaratgan odamni o’sha boqqa qo’ydi. Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o’stirdi. Bog’ning o’rtasiga hayot ato etuvchi daraxtni va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini qo’ydi. >>

– Ibtido bob 2 ayat 8-9

Anor daraxti

Xudoni qanday tushunamiz? Bu hayotning eng muhim savoli bo’lsa kerak.

Bu oyatga qarab shunga o’xshagan savol bersak bo’ladi. Xudo bog’ barpo qilgan bo’lsa, bu degan Xudo kim, Xudo qanday? Bu degan Xudo yaratishga qodir, hamda Xudo O’zi bog’ning Egasi, shunday emasmi?

Yana bir savol: Xudo “chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni” o’stirgan bo’lsa, bu Xudo haqida bizga nima o’rgatadi? O’zim o’ylab topgan javoblaridan mana shular:

Xudo chiroyli, ajoyib mevali daraxtlarni yaratadi. Ularni har xil qilib yaratdi. Turlari bir xil qilib yaratsa bo’lardi-ku. Аmmo ularni rang-barang, ko’rinishi har xil, mazasi shakardan ham shirin qilib yaratdi. Bahor faslida mahalla ko’chalaridan yurgan bo’lsangiz, o’zingiz ham olcha, o’riq, olxo’ri ko’rgandirsiz. Pishgan mevalar xali daraxtda turar ekan, chiroqqa o’xshab yonadi! Ovozi bo’lmasa ham, “Hayot!” deb baqiradi.

Bugun men turgan yerda bahor emas, qish faslidir. Qor yog’ib turibdi. Siz hech qorga yaqin qaramaganmisiz? Аjoyibligini ko’rmaganmisiz? Qorning muraqqab tuzilishiga ahamiyat bersak, uning Yaratuvchi Xudo haqida qanday xulosa qilsak bo’ladi? Qorning shakli Xudoning donoligini ko’rsatadi. Qorning op-oqligini ko’rib, Xudoning qoraligi yo’q deb xulosa qilsak bo’ladi.

Qor

Tepadagi oyatini o’ylasam, Xudo yaratgan narsalar haqida o’ylasam, men Xudoning ezguligini, beminnatligini, asl rassom ekanligini tushunaman. Bandasiga yoqqan, ko’ziga chiroyli ko’ringan, iste’mol qilishiga foydali ekan meva yaratib beradi Xudo. Аjoyibotlarni yaratadi!